Yangiliklar

img
Sat, 02/12/2022 - 16:50

Ijod maktablari uchun ona tili va adabiyot fanlaridan ta’lim dasturlari ishlab chiqildi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan agentlik tizimidagi ijod maktablari uchun ona tili va adabiyot fanlaridan ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda universitetimizning professor-o'qituvchilari: Zulxumor Mirzayeva, Klara Mavlonovalar hamda Jamoliddin Nurmuhammedov va Shokir Tursunov kabi magistrlarimiz ishtirok etishdi. Ushbu taqdimotda ijod maktablari uchun yaratilayotgan yangi avlod darsliklarining har taraflama rivojlantirilayotgani, jahon ta'lim standartlariga muvofiq shaklda o'quvchilarga taqdim etishga tayyorlanayotgani e'tirof etildi.