Yangiliklar

img
Thu, 01/11/2024 - 16:14

Huquqbuzarlikka yo'l qo'ymang!

2024-yilning 10-yanvar kuni universitetimizning Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens nazorat” tizimini boshqarishi bo‘limi tashabbusi bilan bitiruvchi bosqich talabalari ishtirokida profilaktik suhbat o'tkazildi. 
Suhbat davomida yakuniy nazorat imtihonlari oldidan talabalarning sergakligini oshirish, korrupsion harakatlarning oldini olish maqsad qilingan. Universitetda O‘zbekiston Respublikasi Pezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan dasturning 19-bandida ko‘rsatilgan vazifalarni ijrosini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, korrupsiyaviy xavf-xatarla va ularning salbiy oqibatlarini ifodalovchi tushunchalarning aniq mazmun-mohiyatini talaba-yoshlar va pedagog xodimlarga tushuntirish va ularda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni shakllantirish bo'yicha chora-tadbirlar olib borilmoqda.