Yangiliklar

img
Sat, 09/06/2025 - 21:37

Grant taqsimoti jarayonlarida shaffoflik

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-81-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qarorida belgilangan tartib ijrosi doirasida ta’lim granti o‘rinlarini adolatli taqsimlash bo‘yicha amaliy jarayon tashkil etildi.
Mazkur tartibga muvofiq, umumiy natijalari teng kelgan talabgorlarning bilim darajasini aniqlash maqsadida ular o‘zlashtirilgan semestrlarda o‘tilgan mutaxassislik fanlaridan qoʻshimcha test sinovidan o‘tkazildi. Ushbu jarayonda 4 nafar talaba ishtirok etdi.
Jarayonning shaffof va xolis o‘tishini ta’minlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A. Nasriddinov hamda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor O. Davranov, O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i V. Nazarov, professor U. Jo‘raqulov, professor Z. Xolmanova, dotsent Sh. Amonov, katta o‘qituvchilar S. Rasulova va A. Turdialiyevlar test jarayonini bevosita nazorat qildilar. Test sinovlari YouTube tarmogʻi orqali translyatsiya qilindi.

  

Jarayon Vazirlar Mahkamasining 149-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” talablariga muvofiq o‘tkazilib, uning barcha bosqichlari qonunchilikda belgilangan tartib asosida rasmiylashtiriladi.