Kafedra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi qarori asosida tashkil topgan. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tarkibida 2016-yildan faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 2018-yildan 2022-yilga qadar bu kafedra faoliyatda bo‘lmadi. 2022-yil 5-sentabrdan boshlab yana universitet tuzilmasidan joy oldi. Folklorshunoslik va dialektologiya kafedrasi Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakultetining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, unda bir yoki bir necha turdosh fanlar bo‘yicha o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash hamda tashkiliy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi. Kafedraga filologiya fanlari doktori, professor Samixon Ashirboyev rahbarlik qiladi.
Kafedrada folklorshunoslik va dialektologiya mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.
Kafedrada 8 nafar professor-o‘qituvchi dars beradi, ulardan 2 nafari fan doktori, 2 nafar fan nomzodi, dotsent, 2 nafar katta o‘qituvchi, 2 nafar stajor o‘qituvchi.
Kafedra ilmiy salohiyati: 50 %.
Kafedraning ustuvor yo‘nalishlari:
- folklorshunoslik va dialektologiyaning nazariy va amaliy masalalari, xususan, xalq og‘zaki ijodining va o‘zbek shevalarining areal tadqiqi, o‘zbek dialektologiyasi bo‘yicha ilmiy faoliyatni tashkillashtirish;
- sohaga doir o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlarini yuritish, shuningdek, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash yuzasidan maqsadli reja asosida ish olib borish;
- folklor namunalarini yig‘ish, to‘plash va ularning xususiyatlarini tadqiq etish yuzasidan respublika, xalqaro ilmiy-amaliy loyihalarini ishlab chiqish, xalqaro seminarlar, anjumanlar tashkil etish va o‘tkazish;
- o‘z yo‘nalishida turdosh OTMlar bilan uzluksiz hamkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
Kafedra tomonidan o‘qitiladigan yo‘nalish va mutaxassisliklar:
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:
60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili)
60230300 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (o‘zbek tili)
60230900 – Folklorshunoslik va shevashunoslik
60111400 – O‘zbek tili va adabiyot ta’limi
Magistratura mutaxassisligi:
70230103 – Folklorshunoslik va dialektologiya
Doktorantura va tayanch doktorantura:
10.00.01 – O‘zbek tili
10.00.02 – O‘zbek adabiyoti
Kafedrada o'qitiladigan fanlar
Areal lingvistika (1-kurs,70230103- Folklorshunoslik va dialektologiya)
O'zbek dialektologiyasi (1-kurs, 60230900-Folklorshunoslik va shevashunoslik)
O'zbek dialektologiyasi (2-kurs, 60230100- Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik)
O'zbek dialektologiyasi (1-kurs, 60111400- O'zbek tili va adabiyoti)
Folklorshunoslik nazariyasi (1-kurs, 70230103-Folklorshunoslik va dialektologiya)
Xalq og'zaki ijodi poetikasi (1-kurs,70230103- Folklorshunoslik va dialektologiya)
Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi (1-kurs,70230103- Folklorshunoslik va dialektologiya)
O'zbek mifologiyasi (1-kurs,70230103- Folklorshunoslik va dialektologiya)
O'zbek areal onomastikasi (2-kurs,70230103- Folklorshunoslik va dialektologiya)
Xalq lirikasi (1-kurs, 60230900- Folklorshunoslik va shevashunoslik)
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi (1-kurs, 70230103- Folklorshunoslik va dialektologiya)