O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan Folklorshunoslik va dialektologiya kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Samixon Ashirboyev “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi.

Folklorshunoslik va dialektologiya kafedrasi tomonidan doimiy ravishda “O‘zbek folklori va shevalari tadqiqotlari – amaliyot, metodologiya, yangicha yondashuv” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etib kelinadi.

2023-yil 3-fevral ToshDO‘TAUda o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Folklorshunoslik va dialektologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari “Alisher Navoiy” medali bilan taqdirlandi.

Professor Samixon Ashirboyevning “O‘zbek dialektologiyasi” darsligi muntazam nashr etib kelinadi.

Professor Samixon Ashirboyevning “Areal lingvistika” darsligi nashr etildi.

Folklorshunoslik va dialektologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan chop etilgan nashrlar.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti qoshidagi O‘zbek shevashunosligi markazi hamda Folklorshunoslik va dialektologiya kafedrasi tomonidan “Oʻzbek shevalari va folklorining oʻtmishi va hoziri” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Folklorshunoslik va dialektologiya kafedrasi qoshida “Yosh shevashunos va folklorchi” to‘garagi faoliyat yuritadi.


