Axborot-resurs markazi

img

Jumayeva Zamira Boltayevna

Tug‘ilgan sanasi:                    

Millati:  O'zbek           

E-mail: jumayevazamira1973@gmail.com

Kontakt: +998 90 944 99 93

Qabul kunlari: 09:00 - 18:00

MA'LUMOT

  • Markaz xodimlari o‘z faoliyatida universitetda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalari hamda Axborot-resurs markazi nizomi asosida faoliyat olib boradi;
  • Universitetda o‘qitiladigan mutaxassisliklarga mos bo‘lgan darslik hamda o‘quv qo‘llanmalarni harid qilish masalasini  Oliy ta’lim muassasasi kengashida muhokama qiladi;
  • Axborot-resurs markaziga topshirilgan barcha adabiyotlarni ro‘yxatga oladi hamda elektronlashtirib ARMning elektron kutubxonasi 
  • (www.armat.navoiy-uni.uz, www.library.navoiy-uni.uz)ga joylashtiradi.   

Axborot-resurs markazi

Axborot-resurs markazining asosiy maqsadi universitet talabalari, 
pedagog-xodimlari hamda ilmiy tadqiqotchilarga axborot kutubxona xizmatini ko‘rsatish jumladan, yangi avlod o‘quv adabiyotlari, badiiy ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan ta’minlashdan iborat.
Vazifalari:

  • Talabalar, pedagog xodimlar va ilmiy tadqiqotchilarni o‘quv adabiyotlardan foydalanishga bo‘lgan talablarini qondirish, ularga ma’lumot axborot xizmatini ko‘rsatish;
  • Universitetda o‘qitiladigan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi avlod o‘quv adabiyotlari bilan Axborot-resurs markazi fondini doimiy boyitib borish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi PQ- 3271- sonli “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha kompleks chora- tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Qarori ijrosiga muvofiq universitet talabalari, pedagog va ishchi xodimlari hamda ilmiy tadqiqotchilarni respublikamiz nashriyotlarida chop etilayotgan badiiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar hamda mahalliy va xorijiy davriy nashrlar bilan doimiy ravishda ta’minlash;
  • Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda foydalanuvchilarning mustaqil ravishda ta’lim olishiga ko‘maklashish;
  • “ZiyoNET” elektron axborot tarmog‘i hamda universitet elektron kutubxonasini doimiy ravishda elektron axborot ta’lim resurslari bilan boyitib boorish.
  • kitob muzeyiga borishni tashkil etish;
  • badiiy va kitob ko‘rgazmalarini o‘tkazish;
  • kutubxona bo‘ylab sayohatlarni tashkil etish orqali foydalanuvchilarga  ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlaydi.

Huquq va majburiyatlari:

  • ARM quyidagi huquqlarga egadir:
  • Ushbu Nizomga beogilangan tartibda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
  • axborot-kutubxona fondlaridan hamda boshqa axborot resurslaridan foydalanish, shuningdek ulardan foydalanish rejimi shartlarini belgilash;
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq foydalanuvchi tomonidan yetkazilgan zarar turlari va miqdorini aniqlash;
  • foydalanuvchi tomonidan keltirilgan zararni 5 barobardan 10 barobarigacha qoplash choralarni ko‘rish;
  • ushbu Nizomni buzgan foydalanuvchilarning ARM resurslaridan foydalanishini cheklash muddatini (ikki hafta, bir oy, uch oy, olti oy va bir yil) va javobgarlik choralarini belgilash;

ARM quyidagilarga majburdir:

  • axborot-kutubxona resurslarini shakllantirish, axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va Kutubxona Ustaviga muvofiq ularning saqlanishini va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash;
  • foydalanuvchilarning ARMda ishlashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
  • foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishning yuksak madaniyatini ta’minlash;
  • ARMdan foydalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligiga rioya qilish, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
  • Foydalanuvchilarni ushbu Nizomga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan tanishtirish.