Yangiliklar

img
Mon, 07/17/2023 - 03:21

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dunyo universitetlarining eʼtiborini tortmoqda

Universitetning dunyo universitetlari reytingida  yuqorilab borayotgani   xorijiy universitetlarning u bilan hamkorlik qilishga bo‘lgan qiziqishini oshirmoqda. 12-iyul kuni universitetimizga tashrif buyurgan Indiana universiteti professori Nazif Shahrani o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan universitetning Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirganini izhor etib, AQShda o‘zbek tili va madaniyatini targ‘ib etishda bu universitetning hissasi katta bo‘lishiga umid bildirdi.
Bugun, 16-iyul kuni universitetga Oksford universiteti Sharqshunoslik fakulteti dekani o‘rinbosari,  professor Zeyneb Yurakli boshchiligida bir guruh turkolog professorlar universitetga tashrif buyurdilar. Oksford universiteti professorlari Zeyneb Yurakli, Emine Chakir,  Leyla Nazafzada, Asli Niyazioʻgʻlu universitetning xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qirralari, ijtimoiy fanlar va ularni o‘qitish saviyasi hamda oʻzbek tilini oʻqitish boʻyicha universitet ishlab chiqqan yangi myetodika bilan qiziqdilar.


 Mehmonlarga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tarixi, taʼlim yo'nalishlari va missiyasi, erishilgan yutuqlar va kelgusi rejalar haqida maʼlumot berildi.  Universitetning xorijiy yurtlarda Oʻzbek tili va madaniyatini targ‘ib etish yo'lida olib borayotgan ishlari, xorijliklarga oʻzbek tilini oʻrgatuvchi “Oʻzbek maktabi” faoliyati mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.


Uchrashuv do‘stona ruhda o‘tdi. Mehmonlarning Oksford universitetida o‘zbek tili kursini ochish va uning metodik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tilaklari universitet rahbariyati tomonidan olqishlanib, bu ezgu niyatning amalga oshishi uchun universitet tayyor ekanligi taʼkidlandi.    
Uchrashuv chog‘ida Oksford universiteti rasmiy deletsiyasining yil oxirigacha universitetga tashrifini uyushtirish va o‘zaro hamkorlik borasida rasmiy memorandum va shartnomalar tuzishga kelishib olindi.