
Wed, 11/08/2023 - 23:39
Zamonaviy oʻzbek she’riyati mavzusida davra suhbati
Joriy yilning 8-noyabr kuni Ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti talabalari va zamonaviy oʻzbek she’riyatining atoqli vakillaridan biri, shoir Faxriddin Nizomov (Faxriyor) ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. O'zbek adabiyotida o'z o'rni va uslubiga ega bo'lgan shoir Faxriyor ijodini turli rakurslarda oʻrganish va tahlil qilish boʻlgʻusi adabiyot muallimlari uchun juda muhimdir. XXI asr oʻzbek she’riyatida shakliy va mazmuniy inqilob qila olgan Faxriyor oʻz ijodi xususida talabalarga soʻzlab berdi. Asosli va asossiz tanqidlarning ijodkor rivojlanishi handa ruhiyatiga ta’siri haqida ma’lumot berdi. Talabalar shoir ijodi va bugungi adabiy jarayon xususida o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.