Yangiliklar

img
Fri, 08/11/2023 - 17:19

Zamonaviy axborot jamiyati va ko'p madaniyatli ta'lim muhitida ijtimoiy moslashuv strategiyalari

Universitetimizning uzoq yillik ishonchli hamkorlaridan biri Rossiyaning Nijniy Novgorod davlat lingvistika universitetida ijtimoiy fanlar sohasida faoliyat olib boruvchi pedagoglar uchun "Yozgi institut" loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihada universitetimizning O'zbek tili ta'limi fakulteti professor-o'qituvchilari Abror Murtazayev hamda Dilyara Zaripovalar faol ishtirok etishmoqda. Loyiha ko‘p madaniyatlilik sharoitida ijtimoiy moslashuvning samarali mexanizmlari va amaliyotlarini har tomonlama tushunishga qaratilgan bilimlarni berishni ko'zda tutadi. Qariyb ikki hafta mobaynida ishtirokchilar uchta modul bo'yicha mashg'ulot olib boradilar. "Yozgi institut" dasturiga ko'ra ko'p madaniyatli ta'lim muhitida zamonaviy o'qituvchining raqamli vositalardan foydalanishi, ilmiy-madaniy sivilizatsiyalararo diplomatiya aspektida global yetakchilik, uzluksiz profillashda mintaqaviy ko'p madaniyatli komponent, sivilizatsiyalararo davrada samarali aloqalar, madaniyatlararo akademik lingvistik makon singari mavzularda mashg'ulotlar olib boriladi.