
Sat, 11/18/2023 - 18:52
Zakovatli yoshlar bellashuvi
Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida "Talabalar festivali" haftaligi oʻtkazildi. Haftalik doirasida "Zakovat" intellektual oʻyinining universitet bosqichi boʻlib oʻtdi. Oʻyinda saralashdan oʻtgan 10 ta jamoa ishtirok etdi. Oʻyin natijalariga koʻra:
1-oʻrin:
Ona tili va adabiyot taʼlimi fakultetining "Troya" jamoasi
2-oʻrin:
Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetining "The Best" jamoasi
3-oʻrin:
Oʻzbek tili taʼlimi fakultetining "Misteriya" jamoalari qoʻlga kiritdi.