Yangiliklar

img
Thu, 05/08/2025 - 13:38

“Zakovat Quiz” — bilimlar bellashgan maydon

9-may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab bugun universitetimizda o‘tkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida “Zakovat Quiz” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Tadbirni yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor G. Jo‘rayeva ochib berib, ishtirokchi jamoalarga omad tiladi hamda bellashuvning xolis va shaffof o‘tishini taʼkidladi.

Mazkur intellektual bahsda universitetimizdan 10 ta, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent amaliy fanlar universitetidan 1 tadan jamoa, jami 12 ta jamoa ishtirok etdi.

Tezkor tafakkur va jamoaviy fikrlash asosida o‘tgan bahslar yakunida eng yaxshi natijalarni ko‘rsatgan jamoalar g‘olib deb topildi.

Bellashuv yakunida intellektual o‘yin g‘oliblariga universitet rahbariyati tomonidan faxriy diplomlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.