
Zahiriddin Muhammad Boburning tilshunoslikka oid talqinlari
2024-yilning 14-fevral kuni ToshDO‘TAUda “Zahiriddin Muhammad Boburning tilshunoslikka oid talqinlari” mavzusida Xalqaro ilmiy seminar tashkil etildi.
Seminarni ToshDO‘TAU ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori, pedagogika fanlari doktori Odina Jamoldinova kirish so‘zi bilan ochdi va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti, ijodi, faoliyatiga qiziqishning juda katta ekanligi, bu mavzuda dunyo olimlari tomonidan jiddiy tadqiqotlar amalga oshirilgani, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2016-yil 13-maydagi PF-4797-son Farmoni, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotida o‘zbek tilining o‘rnini kuchaytirish va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini mustahkamlash borasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish haqidagi Farmon va qarorlarida, shu jumladan, 2024-yil 12-yanvardagi PQ-19-son qarorida belgilangan vazifalarni bajarishda globallashuv sharoitidagi hozirgi imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, dunyo olimlari bilan hamkorlikda yangi ilmiy tadqiqot va nashrlarni amalga oshirish zarurligini ta’kidladi.
ToshDO‘TAU Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori filologiya fanları doktori, professor Nozliya Normurodova Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadqiqotlarda universitet professor-o‘qituvchilarining salmoqli hissasi borligi, bu sohadagi izlanishlarni dunyo olimlari bilan birgalikda olib borish uchun barcha sharoitlar yaratilayotganini, jumladan, italiyalik olima Elisabetta Ragagnin va ToshDO‘TAUdagi boburshunoslar hamkorlikda “Bobur platformasi”ni yaratayotgani, bu platformada Bobur hayoti, faoliyati, ijodiga oid barcha ma’lumotlar, dunyo olimlarining tadqiqotlari jamlanishini, shuningdek, boshqa davlatlardagi olimlar bilan ham hamkorlik asosida ilmiy loyihalar amalga oshirilayotganini qayd etdi.
Xalqaro ilmiy seminarda G‘ozi universiteti professori, filologiya fanları doktori Nejati Demirning “Babür'ün Eserlerinde Çağatay Türkçesi-Oğuz Türkçesi Etkileşimi ve Tarihi Alt yapısı”, Egey universiteti professori, filologiya fanları doktori Sherife Yalchinkayaning “Babür'ün Gazel Dili”, Ozarbayjon Tillar universiteti Turk dunyosi tadqiqotlari markazi direktori filologiya fanları doktori, professor Elchin Ibrohimovning “Baburname” Eserinin Ortak Türkçe'ye Katkıları”, ToshDO‘TAU O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri filologiya fanlari doktori, professor Zulxumor Xolmanovaning “Zahiriddin Muhammad Boburning chog‘ishtirma tilshunoslikka oid talqinlari”, Erjiyes universiteti Sharq tillari va adabiyoti kafedrasi mudiri filologiya fanları doktori, professor Go‘kche Yukselen Pelerning “Babürlü Devrinde Hint Alt Kıtasının Dillik Manzarası”, Oksford universiteti dotsenti, filologiya fanları doktori Tudora Arnautning “Şair Babür'ün Lirik Şiirlerinde Aşkın, İnsan Onurunun ve İnsana Karşı Tutumun Yansıması”, Turkiya Respublikasi Milliy Mudofaa universiteti dotsenti, filologiya fanları doktori Emrah Bozokning “Bâbür Dîvânı'nda Askerlik ve Savaş”, Anadolu universiteti dotsenti, filologiya fanları doktori Gunay Tulumning “Babür Divanı'nda Dil ve Üslup”, Firat universiteti dotsenti, filologiya fanları doktori Murat Akaning “Babürname”de Mecazlı Dil: Metafor”, Tojikiston Respublikasi Akademik Bobojon G‘afurov nomidagi Xo‘jand davlat universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Abdunazar Rahmonqulovning “Boburnoma”da Shimoliy Tojikistonga oid geografik atamalar talqini”, Ishenali Arabayev nomidagi Qirg‘iziston davlat universiteti dotsenti, filologiya fanları bo‘yicha falsafa doktori Meerim Rispakovaning “Чагатай жана кыргыз тилдериндеги жөндөмө категорияларынын өзгөчөлүктөрү (“Бабур-наама”нын мисалында)”, Ozarbayjon Xalqaro maorif universiteti doktoranti Saffet Alp Yilmazning “Türkiye'de Babür Çalışmaları” mavzusidagi ma’ruzalari katta qiziqish va e’tibor bilan tinglandi.
Seminar ishtirokchilari tomonidan taklif va mulozalar bildirildi.