Yangiliklar

img
Tue, 02/14/2023 - 19:25

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi nishonlandi

Bugun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida atoqli shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag‘ishlangan “Zahiriddin Muhammad Bobur vorislari” nomli bayram tadbiri o‘tkazildi.

 Unda davlatimiz rahbari tomonidan 2023-yil 25-yanvarda qabul qilingan “Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ahamiyatiga e’tibor qaratildi.  

Tadbir universitet talabalar tomonidan shoir va sarkardalar obrazida chiqishlari va jamoatchilik ishtirokida ulug‘ bobokalonimizning mashaqqatli hayot yo‘li, ijodi xususida batafsil so‘z yuritdi. 

Tadbirda “Bobur hayoti va faoliyati – barchamizga o‘rnak” mavzusida ma’ruza ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otdi. 


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari shoir ijodidan namunalar o‘qib, sahna ko‘rinishlar taqdim etdilar.