Yangiliklar

img
Sat, 11/16/2024 - 18:16

Zafarli qadamlar

Universitetimiz bitiruvchilari Samandar Yusupov va Sevinch Qayumova “El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2024-yilning 1-ochiq stipendiya tanlovi g'olibi boʻldilar. 
Ular Buyuk Britaniyaning nufuzli Reading, Durham, Varvik singari universitetlaridan taklif xatlari olishgan boʻlib, 2025-yil bahorgi semestrida rasman oʻqishni boshlaydilar. Har ikki bitiruvchimiz TESOL yoʻnalishida magistraturaga qabul qilindilar. 
TESOL – bu TEFL va TESL dasturlarini oʻz ichiga olgan katta atama boʻlib, ingliz tilini oʻqitish sohasida keng qabul qilingan atama hisoblanadi. TEFL oʻqituvchilari ingliz tilida soʻzlashuvchi yoki ona tilisi ingliz tili boʻlmagan oʻqituvchilar boʻlishi mumkin.
Samandar va Sevinchni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz. Ishonamizki, ular xorijda ta’lim olib, yurtimizga qaytgach davlatimiz rivojiga munosib hissa qoʻshadilar.