
Yurt posbonlari uchun maxsus ma’ruza
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-avgustdagi “O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida”gi PQ-3898-son qaroriga muvofiq, vazirlik tizimida har haftaning juma kuni “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” sifatida o’tkazilib kelinmoqda. Shu munosabat bilan, shu yilning 10-noyabr kuni soat 8:30 da Favqulotda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparati binosida shaxsiy tarkib uchun “Ommaviy madaniyatning ijobiy va salbiy ta’sirlari, yot illatlarga qarshi immunitet” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti katta oʻqituvchisi, psixolog Boboyor Toʻrayev ma’ruza qildi. Ma’ruza davomida tinglovchilarga Ommaviy madaniyatning ijobiy va salbiy ta’sirlari haqida kerakli ma`lumotlar berildi, yot illatlarga qarshi immunitet hosil qilish uchun kerakli texnika va mashqlar oʻtkazildi. Vazir oʻrinbosari Sh.Djurayev va jamoa a’zolari foydali uchrashuv haqida oʻzlarining ijobiy fikrlarini bildirdilar va ma’ruzachi tashakkurnoma bilan taqdirlandi.