
Yurakka koʻmilar asl shoirlar
2025-yil 25-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbek tili va adabiyoti universitetida yurtimizning sevimli shoiri, xalq dardi va yurak ohangini oʻz ijodiga singdira olgan Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligiga bagʻishlangan adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Ushbu tadbir Oʻzbek tili va adabiyoti taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar tomonidan katta tayyorgarlik asosida oʻtkazildi.
Tadbirda Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti N.Musurmanova hamda universitet tyutori N. Norovalar ishtirok etib, yoshlar bilan birga shoir hayoti va ijodiga oid qiziqarli maʼlumotlar bilan oʻrtoqlashdilar. Muhammad Yusufning yuraklarga singgan, milliy ruh bilan yo‘g‘rilgan she’rlari talaba-yoshlar tomonidan ifodali o‘qildi, shoir g‘azallariga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari va raqslar namoyish etildi.
Adabiy kecha universitetning Talabalar turar joyida davom ettirilib, mehmonlar va ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir yakunida ijodiy faol bo‘lgan, badiiy chiqishlari bilan ajralib turgan iqtidorli talabalarga munosib sovg‘alar topshirildi. Shuningdek, tadbirni tashkil etishda faol ishtirok etgan ustozlarga tashakkurnomalar taqdim etildi.
Mazkur adabiy-badiiy kecha Muhammad Yusuf ijodini yanada chuqurroq anglash, yoshlar qalbida milliy g‘urur va badiiy didni shakllantirishga xizmat qilgan bo‘ldi.