Yangiliklar

img
Fri, 05/19/2023 - 16:38

Yuragida yo‘lbars yashagan ayol

Guliston shahrida joylashgan Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi bilan tuzilgan hamkorlik dasturi yuzasidan bir talay ishlar qizg‘in amalga oshirilmoqda. Kuni kecha shoira tavalludining 76 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Ona tili va adabiyot ta’limi kafedrasining bir guruh professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etishdi. Tadbir Yozuvchilar uyushmasining raisi S.Sayyid kirish so‘zi bilan ochildi. Shundan so‘ng H.Xudoyberdiyevaning hayoti haqida “Yuragida yo‘lbars yashagan ayol” nomli sahnalashtirilgan lirik kompozitsiya premyerasi namoyish etildi. Shoiraning hamkasblari, shogirdlari tomonidan uning hayoti bilan bog‘liq voqealar xotirlandi.
Tadbir so‘ngida universitet professor-o‘qituvchilari kafedra filialida yig‘ilishdi. Ona tili va adabiyot fanining o‘qitilishi bilan bog‘liq muammolar to‘g‘risida maktab o‘qituvchilari bilan suhbatlashishdi. Kafedra o‘qituvchilaridan pedagogika fanlari doktori, professor Q.Yo‘ldoshev “Adabiyotni qanday o‘qish va uqish kerak?” mavzusida, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) M.Tuychiyeva “H.Xudoyberdiyeva she’rlari badiiyati”, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) D.Tuxliyeva “Bobur g‘azallari tahlili”, S.Kuldasheva “Qo‘shma fe’llarni multimedia texnologiyalari vositasida tushuntirish” mavzularida mahorat darslarini o‘tishdi. Tadbir taassurotlarga boy bo‘ldi.