
Yulduz Dusmuradovaning dissertatsiya ishi muhokamasi haqida e'lon
2025-yil 20-iyun kuni soat 10:30 da B blokdagi 309-auditoriyada “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” hamda “O‘zbek tili va adabiyoti ta’limi” kafedralarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Mazkur yig‘ilishda Do‘smuradova Yulduz To‘ychi qizining “O‘zbek va ingliz badiiy matnlarida intertekstuallik” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokama qilinadi.
Dissertatsiya 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan.
Ilmiy rahbar: filologiya fanlari doktori, professor Saodat Xudoyberdiyevna Muhamedova.
Taqrizchilar:
– filologiya fanlari doktori, professor v.b. Z. Teshaboyeva
– filologiya fanlari nomzodi, dotsent N. Musulmanova
Ilmiy jamoatchilik, doktorantlar hamda magistrantlar dissertatsiya muhokamasida faol ishtirok etishga taklif etiladilar.