Yangiliklar

img
Thu, 10/03/2024 - 17:58

Yoshlar tarbiyasiga barcha mas’ul

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-55-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda o‘quvchilarning iste’dodini rivojlantirish, ularning ilm-fanni egallashga bo‘lgan intilishlarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov Jizzax shahridagi 1, 2, 3-ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida pedagoglar jamoasi va o‘quvchilar bilan davra suhbati o‘tkazdi. Uchrashuv davomida O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yo‘llagan tabrigining mazmun-mohiyati, o‘quvchilarni bilimli va shu bilan birga haqiqiy vatanparvar qilib tarbiyalash borasidagi davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslarning nechog‘lik ahamiyatli ekani ustoz va murabbiylarga batafsil tushuntirildi. 
O‘quvchilar bilan suhbatlashish davomida ularning kelajakdagi orzu-maqsadlari hamda Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida qanday ezgu ishlarni amalga oshirmoqchi ekanligi bilan tanishdi. O‘quvchilarga zaruriy maslahat va tavsiyalarini berdi. 
Maktab-internatlar ma’muriyati bilan izchil ravishda hamkorlik aloqalari olib borilishiga kelishib olindi.