Yangiliklar

img
Fri, 05/02/2025 - 12:25

Yoshlar sog'lom turmush tarzi tarafdori

2025-yil 2-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Xavfsiz va sogʻlom yurt” oyligi doirasida profilaktik targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Yakkasaroy tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻining xizmat bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik Sh.R. Shakirov hamda Yakkasaroy tumani IIO FMB 3-sonli IIB boshlig‘i, mayor Sh.X. Saitov ishtirok etdi.
Tadbir universitet talabalari tashabbusi bilan “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida tashkil etildi. Unda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni iste’mol qilishning og‘ir oqibatlari, yoshlar hayotida yuzaga keladigan salbiy holatlar, huquqiy javobgarlik masalalari yuzasidan atroflicha fikr yuritildi.
So‘zga chiqqan mutasaddilar giyohvandlikka qarshi kurashish jamiyat hayoti, ayniqsa, yoshlar kelajagi uchun muhim ekanini ta’kidlashdi. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, salbiy oqibatlardan yoshlarni ogoh etish va ularning huquqiy bilimlarini oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

 

Tadbir interaktiv shaklda o‘tkazilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilishdi. Uchrashuv samimiy muloqot ruhida o‘tib, yoshlarda ijobiy taassurot qoldirdi.

 

Bunday tadbirlar nafaqat jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishda, balki yoshlar ongini sog‘lom g‘oyalar asosida shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.