
Yoshlar oqshomi
Kuni kecha universitetda navbatdagi madaniy-ma‘naviy tadbir – talaba-yoshlar ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi. “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘tkazilgan ushbu tadbir yoshlar o‘rtasida sog‘lom ma‘naviy muhitni mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizni asrash hamda talabalarning madaniy hordiq chiqarishini ta‘minlashga xizmat qildi.
Konsert dasturi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan universitet Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi va koordinatorlar bilan birgalikda tashkil etildi. Tadbirda talaba-yoshlar taniqli san‘atkorlarning go‘zal kuy-qo‘shiqlaridan ijro qilib, kechaga yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdilar. Milliy va esdtrada kuy-qo‘shiqlari, o‘zbekona raqslar, jonli ijrodagi kompozitsiyalar konsertga yig‘ilgan barcha yoshlarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.
Ushbu konsert dasturini “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan muhim madaniy tashabbuslarning yana bir yorqin namunasi sifatida e‘tirof etish mumkin.