Yangiliklar

img
Thu, 11/21/2024 - 18:06

Yoshlar muammolari hal qilinadi

Oʻzbekistonda yoshlar bilan ishlashning vertikal tizimi davlat siyosatining muhim qismi sifatida tashkil etilgan boʻlib, u Yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishga qaratilgan. Ushbu tizimning asosiy maqsadi yosh avlodning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga koʻmaklashish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, yoshlar orasida ijtimoiy muammolarni hal etish uchun tizimli yondashuvni taʼminlashdir. 
ToshDO‘TAUda yoshlar bilan ishlash rektorga biriktirilgan maxsus vazifa sifatida belgilanadi. Universitetda yoshlar bilan ishlash boʻyicha masʼul shaxslar va tegishli muassasalar bilan hamkorlikda psixologik, huquqiy va ijtimoiy doirada tizimli ish olib borilmoqda. 
Xususan, oshkent shahar, Sergeli tumani “Nilufar” mahallasida istiqomat qiluvchi Doston Umarov probatsiya ro'yxatidan chiqarildi. 
Yoshlar bilan ishlashda vertikal tizim rahbarlardan boshlab mahalliy tashkilotlargacha uzviy hamkorlikni koʻzda tutadi. ToshDO‘TAU rektori boshchiligidagi ishlar ushbu tizimning universitet miqyosida samarali ishlashini taʼminlaydi. Bu jarayonda psixologlar va huquq-tartibot organlarining yaqin hamkorligi yoshlarning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi va ularni jamiyatda faol o‘rin topishiga xizmat qiladi.