
Yoshlar korrupsiyaga yo'q deydi
19-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida "Yoshlar korrupsiyaga yo'q deydi" shiori ostida ochiq eshiklar kuni tadbiri bo‘lib o‘tdi. Yoshlarni korrupsiyaga qarshi kurashishda faollikka chorlash va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbir keng ko‘lamda o‘tkazildi.
Tadbirda Yakkasaroy tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limining Axborot texnologiyalari sohasida jinoyatlarning oldini olish bo‘linmasi boshlig‘i kapitan Akmal Sidiqov, katta leytenant Asatillo Quvondiqov va leytenant Atxamjon Mamayusupov ishtirok etdilar.
Tadbir davomida ishtirokchilar korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning yoshlar hayotidagi ta’siri va bunday jinoyatlarga qarshi kurashishning dolzarb yo‘nalishlari haqida ma’lumotlar berishdi. Yoshlarni ogohlikka undash maqsadida muhokamalar, savol-javoblar tashkil etilib, talabalar huquqiy savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Ochiq eshiklar kuni samimiy va ochiq muhitda o‘tkazilib, yoshlar korrupsiyaga qarshi kurashda o‘z fikr-mulohazalarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu tadbir universitetning yosh avlodni huquqiy tarbiyalash va jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish yo‘lidagi navbatdagi qadami bo‘ldi.