Yangiliklar

img
Wed, 09/09/2026 - 09:59

Yoshlar bilan ochiq muloqot

O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professor-o‘qituvchilari “Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili)” hamda “Ijtimoiy ish” ta’lim yo‘nalishlari talabalari bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdilar.

Uchrashuv davomida bugungi yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning iqtidor va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, bilim va salohiyatini oshirish, o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘yib, ularga intilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqotda Vatanimiz mustaqilligining bebaho ne’mat ekani, uning qadriga yetish, erishilgan yutuqlarni asrab-avaylash va mustaqillik asoslarini yanada mustahkamlashda yoshlarning o‘rni va mas’uliyati haqida fikrlar bildirildi.

Suhbat davomida universitetning yuksak ilmiy salohiyati, respublika va xalqaro ta’lim maydonidagi nufuzi, professor-o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik faoliyati, izlanishlari va erishayotgan natijalari e’tirof etildi. Bunday yutuqlar talabalarga ilm yo‘lida dadil qadam tashlash uchun muhim rag‘bat bo‘lishi ta’kidlandi.

 

Uchrashuv so‘ngida talabalarga tanlagan sohasi bo‘yicha chuqur bilim egallash, ustozlardan o‘rganish, doimiy izlanish va o‘z ustida ishlash zarurligi uqtirildi. Zero, bugungi intilish va izlanishlar ertangi kunning bilimli, yetuk mutaxassislari, olimlari va ijodkorlarini tarbiyalaydi.