
Yoshlar bilan ochiq muloqot
Joriy yilning 27-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Tadbirda universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori G. Jurayeva talaba-yoshlar bilan uchrashib, ularning fikrlarini tingladi, talablari va muammolari bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi talabalar bilan doimiy aloqa o‘rnatish, ularning o‘qish jarayonidagi ehtiyojlarini inobatga olib, mavjud muammolarni hal qilish hamda yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida talabalarning o‘qish jarayoni, turar joy masalalari, ilmiy faoliyat va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga oid qator savollar muhokama qilindi. G. Jurayeva talabalar tomonidan ko‘tarilgan masalalarga oid tegishli chora-tadbirlar ko‘rilishini va’da qilib, ushbu jarayon doimiy nazoratda bo‘lishini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida universitet rahbariyati har bir talabaning fikri muhim ekanini qayd etib, oliygohning asosiy maqsadi yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish, ularni har tomonlama rivojlantirish ekanligini alohida ta’kidladi. G. Jurayeva universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha rahbariyati talabalar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga doim tayyor ekanini ma’lum qildi.
Tadbir davomida ochiq va samimiy muloqot muhitida talabalar o‘z fikrlarini bayon etishdi, o‘qish va yashash sharoitlariga doir takliflarini ilgari surishdi. Ularning qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. G. Jurayeva talabalar bildirgan fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda, zarur chora-tadbirlarni belgilash va yoshlarning rivoji uchun doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish muhimligini ta’kidladi.
Ushbu uchrashuv universitet talabalari va rahbariyat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Tadbir muvaffaqiyatli yakunlanib, yoshlar uchun yanada qulay muhit yaratish borasida yangi tashabbuslar ilgari surildi.