Yoshlar bilan ishlashning vertikal tizimi
Joriy yilning 24-iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti mas'ullari poytaxtmizning Sirg'ali tumani "Ittifoq" MFYdada bo'lishdi. Vakillarimiz mazkur mahallada universitet rektoriga biriktirilgan yoshlar bilan yana bir bor uchrashishdi. Suhbat avvalida oldingi uchrashuvlar davomida qayd etilgan yoshlar muammolaridan qanchasi hal etilgani haqida ma'lumot berildi. Ular bilan tizimli ishlash maqsadida universitet pedagoglaridan vakillar biriktirilgan edi. Pedagoglar yoshlar bilan muntazam ravishda ishlab, ularning jamiyatda o'z o'rinlarini topishlariga har tomonlama ko'mak berib kelishmoqda.
Uchrashuv davomida bir guruh yigit-qizlarga universitte tomonidan moddiy yordam pullari tarqatildi. Bundan tashqari ish izlayotganlarga bo'sh ish o'rinlari bo'yicha ma'lumot berilib, bu borada amaliy faoliyat olib borish ta'kidlandi. Suhbat chog'ida yoshlarning kelajakda o'zlari istagan kasbning egasi bo'lishlari, buning uchun esa bir daqiqa ham chalg'imasdan maqsadlari sari dadil hakarat qilishlari lozimligini qayd etildi. Buning uchun esa universitet hamisha ularni qo'llab-quvvatlashga, ko'mak berishga tayyorligini bildirildi.