Yangiliklar

img
Tue, 08/12/2025 - 13:10

“Yosh vatandosh yozuvchilar” loyihasi doirasida ijodiy uchrashuv o‘tkazildi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Vatandoshlar” jamoat fondi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yosh vatandosh yozuvchilar” loyihasi ishtirokchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur loyiha qo‘shni davlatlarda ijod qilayotgan yosh vatandosh qalam sohiblarini qo‘llab-quvvatlash, ularning asarlarini keng kitobxonlar ommasiga yetkazish va ijodiy hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishni maqsad qiladi.

Uchrashuvda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid, filologiya fanlari nomzodi Zuhriddin Isomiddinov hamda boshqa taniqli adib va olimlar ishtirok etib, adabiyotning yoshlar ma’naviyatidagi o‘rni, milliy qadriyatlarni asarlar orqali targ‘ib etish yo‘llari va ijodkor shaxsining doimiy izlanishda bo‘lish zarurati haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.

 

Ishtirokchilar uchrashuvdan katta ilhom olib, bu muloqotni kelgusidagi ijodiy faoliyatlari uchun muhim bosqich sifatida baholashdi. Universitet uchun esa ushbu uchrashuv yosh vatandosh yozuvchilar bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda jahon o‘zbek adabiyotining yangi avlodini tarbiyalash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.