Yosh tilshunoslar bellashuvi
Ona tili va adabiyot ta’limi fakultetida 2024-yilning 2-may sanasi 3-bosqich talabalari o‘rtasida bellashuv bo‘lib o‘tdi. “Yosh tilshunoslar” deb nomlangan mazkur bellashuvni ochib berish uchun fakultet dekani, professor Margʻuba Abdullayeva sözga chiqib, tadbirdan koʻzlangan maqsad, universitetimiz talabalariga berilayotgan imkoniyatlar xususida toʻxtalib oʻtdi. Bu kabi bilimdonlar bellashuvini keng koʻlamda yoʻlga qoʻyish talabalarda fanni oʻzlashtirishga bo'lgan qiziqish ortishiga zamin hozirlashini ta'kiladi va jamoa ishtirokchilariga omad tiladi.
Tilshunoslik asoslari fanidan Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchilari: M.Dedaxanova, Sh.Muhammadaliyeva, D.Berdiyeva hamda M.Erkinova tomonidan tashkil etilgan ushbu bellashuvda fakultet rahbariyati bilan bir qatorda professor N.Husanov, f.f.b.f.d (PhD) M.Madaminovalar ham hay'at a'zosi sifatida ishtirok etib, tadbirni yuqori saviyada oʻtkazilishiga munosib hissa qoʻshdilar.
11 guruh oʻrtasida oʻtkazilgan “Yosh tilshunoslar” bellashuvi 4 shartdan iborat boʻlib, qizgʻin va koʻtarinki ruhda tashkil etildi.

Umumiy hisobga koʻra, 307-guruhning "Iqro" jamoasi 1-oʻrinni, 306-guruhning "Tilchi" jamoasi 2-oʻrinni va 301-guruhning "Kalom" jamoasi faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Gʻoliblar faxriy yorliq va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.


