Yosh tadqiqotchilar ma’ruzalari tinglandi
2024-yil 26-iyun kuni O‘zbek filologiyasi fakulteti kengashi qoshidagi xalqaro nazariy-metadologik seminarning navbatdagisi bo‘lib o‘tdi. Seminarda Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik kafedrasi o‘qituvchisi, PhD Zilola Shukurorova va Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi tayanch doktoranti Dilnavoz Najimovalarning ma'ruzalari tinglandi.
Ma’ruzachi Z.Shukurova bayozlarning ilk namunalari haqida yangi ma'lumotlar berdi. Yosh tadqiqotchi Dilnavoz Najimova Ozarbayjon bolalar adabiyotiga oid antologiya tuzish an'analarini milliy adabiyotimizga tatbiq qilish masalasi haqida ma’ruza qildi. U oʻz ma’ruzasida bu qardoshlarimiz tajribasidan biz foydalanishimiz mumkin bo‘lgan jihatlari haqida batafsil toʻxtalib oʻtdi. Ushbu ma’ruzalar seminar qatnashchilarining e’tiborini tortdi. Seminar qiziqarli savol-javoblarga boy boʻldi.