Yangiliklar

img
Wed, 11/13/2024 - 19:33

Yosh sotsiologlar bellashuvi

2024-yilning 13-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi “Sotsiologiya” yo‘nalishi talabalarining “G‘oyalar mozaykasi yoxud sotsiologik sarguzashtlar” nomli amaliy-ijodiy tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda talabalar turli nominatsiyalar bo‘yicha bellashdilar. Sotsiologiya yo‘nalishi talabalarining o‘quv va ilmiy faoloyatda erishgan yutuqlari haqida hisobot taqdimotlari tadbir ishtirokchilarining olqishlariga sazovor bo‘ldi. 
Tadbirda talabalarning ota-onalari ham mehmon sifatida  ishtirok etishdi, universitetning eng faol va namunali talabalarining ota onalariga universitet rahbariyati nomidan tashakkurnomalar taqdim etildi. 
Tadbir so‘ngida universitet rahbariyati hamda kafedraning professor-o‘qituvchilari  tomonidan, o‘qish jarayonida a’lo natijarni qo’lga kiritgan, bilimga chanqoq, ijodkor, faol talabalarga faxriy yorliqlar, esdalik sovg‘alari topshirildi.