Yangiliklar

img
Wed, 11/01/2023 - 17:12

Yosh psixologlar uchun maxsus trening

2023-2024 -o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida psixologiya (amaliy psixologiya) ta’lim yo‘nalishi ochildi. Ma’lumki, mazkur ta’lim yo‘nalishi respublikamizdagi boshqa OTMlarida ham mavjud. Ammo bizning universitetdagi bu ta’lim yo‘nalishi ulardan keskin farqlanadi. Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida  psixologiya (amaliy psixologiya) yo‘nalishida o‘qiyotgan bo‘lajak psixologlar o‘zbek tili, o‘zbek adabiyoti, o‘zbek madaniyati, o‘zbek xalqining tarixini chuqur o‘rganib, barcha jarayonlarga o‘zbek ma’naviyati, mentaliteti nuqtai nazaridan yondoshadigan mutaxassislar bo‘lib yetishadilar. Bu maqsadda ular uchun ta'lim beradigan munosib jamoa shakllantirilgan - mutaxassislik kafedrasidagi tajribali mutaxassislar ularga dars berib, mazkur fandagi eng so‘nggi yutuqlarni o‘zbekona talim va tarbiya bilan uyg‘unlashtirmoqlar. Xususan, universitetda ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda olingan bilim, malaka va ko‘nikmalarni yana takomillashtirish maqsadida dunyoning ko‘plab mamlakatlarida amaliy psixologiya va samarali muloqot asoslari bo‘yicha malaka oshirgan, shu yo‘nalishda ko‘plab ilmiy asarlarni yaratgan  ustoz – Boboyor Baxtiyorovich To‘raev rahbarligida “Psixologlar klubi” faoliyat yuritmoqda. Klub yig‘ilishi haftaning har chorshanba kunida  o‘tkaziladi. Unda psixologiya faniga oid eng so‘nggi yutuqlarni amaliyotda qo‘llash, psixologik mashq va treninglar o‘tkazish, kommunikatsiya sohasida yutuqlarga erishish yo‘llarini muhokama qilish kabi amaliy masalalar muhokama qilinadi. Bugungi kunda klubga 30dan oshiq talabalar a’zo bo‘lib, yaqin kunlarda klub asosida psixologik xizmat ko‘rsatadigan ilmiy laboratoriya tashkil etish rejalashtirilgan.