Yangiliklar

img
Thu, 10/17/2024 - 16:45

Yosh olimlarning ilk tadqiqotlari

Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetining 4 bosqich talabalari А.S.Pushkin nomidagi Til va madaniyati Markazi qoshida Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o'qituvchisi Zulxumar Jumanova   rahbarligida yetuk olim, professor Otaqoʼzi  Аzizovning xotirasiga bagʼishlab tashkil etilgan ilmiy-metodik seminarda xorijlik mutaxassislar bilan qatorda maʼruza qilishdi. Til oʼqitish metodikasiga bagʼishlangan bu tadbirda Moskva davlat pedagogika universiteti professor- oʼqituvchilari bilan birga Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi ustozlari ham ishtirok etishdi. Mashhur olimning boy merosi bilan tanishish , talabalarni ilmiy-metodik tadqiqotlar olib borish barobarida amaliyotga tayyorgarlik olib borish haqida so'z bordi. Professor O. Аzizovning kitoblari tahlili haqida ustoz bilan bir qatorda talabalar ham o'zlarining ilk tadqiqotlari bilan o'rtoqlashishdi. Bu seminar kelgusidagi Til oʼqitish metodikasi bilan bogʼliq tadqiqotlarning yangi tarixiy sahifasini yaratadi deb umid qilamiz.