Yangiliklar

img
Fri, 05/24/2024 - 19:55

Yosh olimalarimizning g'alabasi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Respublika yosh olimlar kengashi hamkorligida oliy taʼlim muassasalarining 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan tadqiqotchi ayol-qizlari oʻrtasida “Akademik viktorina” tanlovi oʻtkazildi. Unda universitetimizning Oʻzbek tili va adabiyoti hamda adabiy manbashunoslik va matnshunoslik mutaxassisligi 1-kurs magistrantlaridan iborat “Yosh filolog olimalar” jamoasi ham ishtirok etdi. Tanlovda jamoalar ilmiy hamda akademik faoliyatga doir savol-javob hamda muammoli vaziyatning amaliy yechimiga qaratilgan “Case study sollution”   shartlarini bajarib, oʻz sohasining yetuk mutaxassislari va olimlar qarshisida bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi. Bahslarga boy boʻlgan bellashuvning yakuniy natijasiga koʻra, respublikamizning 12 ta oliy taʼlim tashkiloti jamoalari ishtirok etgan mazkur tanlovda universitetimiz vakillari faxrli 3-oʻrinni egallashdi hamda Respublika yosh olimlar kengashi qoshida tashkil etilgan IT sohasi boʻyicha 6 oylik oʻquv kursida bepul taʼlim olish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi. Shuningdek, gʻolib jamoalar maxsus sertifikat hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Barakalla, qizlar!