Yangiliklar

img
Thu, 10/09/2025 - 19:47

“Yosh noshirlar” to‘garagi a’zolari Abdulla Qahhor uy-muzeyida bo‘lishdi

Joriy yilning 8-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining “Yosh noshirlar” to‘garagi a’zolari taniqli yozuvchi Abdulla Qahhor uy-muzeyiga tashrif buyurishdi.

Ma’rifiy-ijodiy safar davomida talabalar muzeyning memorial va ko‘rgazma zallarida adibning hayoti va ijodiga oid qimmatli manbalar, shaxsiy buyumlar, fotosuratlar hamda ijodxonasini ko‘zdan kechirdilar. Uchrashuv ularda katta taassurot qoldirdi.

Safar Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar kafedrasi katta o‘qituvchisi Uldona Abdurahmonova rahbarligida tashkil etildi. Tadbir davomida talabalar muzey nazoratchisi Kamola Jumanova bilan samimiy suhbat olib borishdi. Muloqot jarayonida adibning hayoti va ijodiga oid darsliklarda uchramaydigan yangi ma’lumotlar taqdim etildi hamda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

 

Mazkur ma’rifiy-ijodiy safar to‘garak a’zolarida ijod jarayoniga bo‘lgan mehrni kuchaytirish, maqola yozish va tahrir qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish va noshirlik sohasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.