Yangiliklar

img
Wed, 05/24/2023 - 17:00

Yosh munaqqidlar uchun ijodiy uchrashuv

“Yosh munaqqid klubi”ning bugungi mashg’ulotida xalqimiz suygan shoirlar Salim Ashur va Axtamqul Karim bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universitetning Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Bahodir Xoliqov ochib berdi. So'ngra Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi mudiri Uzoq Jo'raqulov so'zga chiqib, O'zbek filologiyasi fakulteti dekani Baxtiyor Abdushukurovga so'z berdi. B.Abdushukurov "Yosh munaqqid klubi" faoliyatiga muvaffaqiyat tilab, Salim Ashur va Axtamqul Karim ijodi haqida to'xtaldi.  Kafedra professor-o'qituvchlari Islomjon Yoqubov, Komiljon Hamrayevlar Salim Ashur va Axtamquli she'riyati haqida ma'ruza qilishdi.  Shuningdek, talabalar shoir Salim Ashur va Axtamqul  Karimlar ijodidan she'rlar o'qishdi.  Uchrashuvda shoirlar so'zga chiqib o'zlarining ijodidan she'r o'qib, talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berishdi. Mashg'ulot so'ngida eng chiroyli she'r o'qigan va savol bergan talabalar taqdirlandi.