
“Yosh munaqqid klubi” navbatdagi uchrashuvini o’tkazdi
2025-yil 16-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi qoshida faoliyat yuritayotgan “Yosh munaqqid klubi”ning navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Yoshlik” jurnali xodimlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Mazkur mashg‘ulotni Jahon adabiyoti kafedrasi mudiri, professor Uzoq Jo‘raqulov olib bordi. Uchrashuvda “Yoshlik” jurnali faoliyati, unda chop etilayotgan maqolalar haqida jurnal xodimi Islomjon Yoqubov atroflicha ma’lumot berdi. Jurnalning tarixi va bugungi kundagi yo‘nalishlari bo‘yicha bosh muharrir Nurullo Choriyev o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
Yozuvchi Xolmuhammad hamda tarjimon Saidjalol Saidmurodov “Yoshlik” jurnalidagi ijodiy jarayonlar bilan talabalarni yaqindan tanishtirdi. Uchrashuvning asosiy qismida ushbu ijodkorlarning asarlari kafedra professor-o‘qituvchilari, magistrantlar va bakalavr talabalari tomonidan tahlil qilindi va adabiy talqinga tortildi.
Tadbir yakunida talabalar mehmonlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va atroflicha javoblar olishdi.