Yangiliklar

img
Thu, 04/06/2023 - 17:49

Yosh matnshunoslar uchun mahorat darsi

Ijtimoiy-gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari fakulteti Matnshunoslik va adabiy manbaashunoslik kafedrasi 1-kurs talabalari uchun noan'anaviy mashg'ulot tashkil etildi. Professor-o'qituvchilar  hamda  fakultet tyutorlari  hamkorlikda Amaliy san’at  va hunarmandchilik muzeyida mahorat darsi o'tkazdilar. 
Mashg'ulot davomida fakultetning 1-kurs magistranti Ne’matov Abror  xattotlik va miniatyura san’atidan mahorat darsi o'tib berdi.  Xattotlik arabcha – husnixat yozuvchi degan maʼnoni bildirib, yozuv (xat) sanʼati, kitob koʼchirish hamda meʼmoriy inshootlar, badiiy buyumlarning kitobalarini yaratish kasbini anglatadi.  Xattotlik sanʼatiga bagʼishlangan koʼplab risolalar 10 xil asosiy xat uslublari (nasx, kufiy, muhaqqaq, nastaʼliq, suls, tavqe, taʼliq, devoniy, riqo, riqʼiy) mavjudligi haqida darak beradi.
 Dars davomida talabalar muzeyning eksponatlari bilan tanishishlari bilan birga o'z mutaxassisliklari bo'yicha zarur saboqlarni olishdi.