Yangiliklar

img
Wed, 04/12/2023 - 18:16

Yosh ijodkorlarning tengdoshlari bilan uchrashuvi

12-aprel kuni Ona tili va adabiyot ta'limi fakultetida tashkil etilgan "Ilhom" to'garagining navbatdagi mashg'uloti bo'lib o'tdi. To'garakning bugungi mashg'ulotiga Ona tili va adabiyot ta'limi kafedrasi dotsenti f.f.n. Hoshimjon Ahmedov olib bordi.  To'garak a'zolari bugungi mashg'ulotda yangicha tafakkurli ijodkorlarning ijod namunalarini jamoatchilik tomonidan qabul qilinishi borasida fikrlar almashildi. Shuningdek, to‘garak mashg'ulotida yosh ijodkorlar Muhammad Siddiq, Muhammadali G’afforov, Nurmuhammad Abduzoirovlar mehmon bo'lishdi.


Yuragida adabiyotga mehr, ijodga ishtiyoq bo‘lgan o‘nlab yoshlarni birlashtirgan "Ilhom" to'garagi havaskorlarga she’riyatdan saboq beradi, ularning iqtidorini yuzaga chiqarishda ko‘makdosh bo'lishni rejalashtirgan.