Yangiliklar

img
Wed, 09/13/2023 - 18:09

Yosh ijodkorlarning "Debocha"si

Universitetimizning ijodkor va iqtidorli talabalari nafaqat mamlakatimizda, balki jahonda ham mashhur. Ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish esa ustozlarning eng asosiy maqsadi sanaladi. 13-sentabr kuni Ona tili va adabiyoti ta'limi fakultetida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarning ijod namunalarini o‘zida jamlagan “Debocha” she’riy to‘plami taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universitetimiz yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori v.v.b. G.Jo‘rayeva ochib berdi. Taqdimotda iste’dodli yosh shoirlardan Niyatullo Elbek o‘g‘li, Erkin Hojimuhammad va Muhammad Ali G‘afforovlar ishtirok etib, o'z she'rlaridan namunalar o'qib berishdi.