Yangiliklar

img
Fri, 11/06/2026 - 18:54

“Yoş pedagoglar” tögaragi maşğuloti amaliyot bilan uyğunlaşdi

6-noyabr kuni Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti Özbek adabiyoti va uni öqitiş kafedrasi qoşida taşkil etilgan “Yoş pedagoglar” tögaragining navbatdagi maşğuloti Yakkasaroy tumanidagi 91-umumta’lim maktabida ötkazildi.

O. Musurmonqulova rahbarligida taşkil etilgan maşğulot “Lateral-kreativ yondaşuv asosida talabalarning kasbiy-malaka könikmalarini rivojlantiriş” mavzusiga bağişlandi. Unda talabalar nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan uyğunlaştiriş, badiiy asarlarni tahlil qiliş va öquvçilarda mustaqil fikrlaş könikmalarini şakllantirişga doir topşiriqlarni bajardilar.

Maşğulot davomida 7-sinf adabiyot darsligidan örin olgan Ernest Hemingueyning “Çol va dengiz” asari tahlil qilindi. Talabalar asardagi “Inson halok bölişi mumkin, ammo uni yengib bölmaydi” degan ğoyaning mazmun-mohiyatini şarhlab, qahramonning matonati, iroda kuçi va hayotiy sinovlar qarşisidagi qat’iyatini muhokama qildilar. Tahlil jarayonida insonning haqiqiy ğalabasi faqat taşqi natija bilan emas, balki ruhiy bardoşi va kuraşdan töxtamasligi bilan ham belgilanişi xususida fikr almaşildi.

Maşğulotda 91-umumta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani öqituvçisi Nigora Safarova ham iştirok etib, bölajak pedagoglarga öz tavsiyalarini berdi. U öqituvçining kasbiy mahorati, avvalo, puxta bilimga tayanişi, öquvçilarda esa bilim olişga bölgan qiziqiş va intilişni rivojlantiriş muhimligini alohida ta’kidladi.

Maşğulotning bevosita umumta’lim maktabida taşkil etilgani talabalarga ta’lim jarayonini amaliy jihatdan kuzatiş, pedagogik muhit bilan yaqindan tanişiş va kelajakdagi kasbiy faoliyatlari uçun zarur tajriba orttiriş imkonini berdi.

“Yoş pedagoglar” tögaragining bunday amaliy maşğulotlari bölajak öqituvçilarning nazariy bilimlarini maktab ta’limi bilan uyğunlaştiriş, mustaqil va ijodiy fikrlaşini rivojlantiriş hamda kasbiy mahoratini oşirişga xizmat qiladi.