Yoş pedagog – zamonaviy ta’limning innovatsion yetakçisi
Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida maktablarda faoliyat yuritayotgan 3-kurs talabalari iştirokida “Yoş pedagog — zamonaviy ta’limning innovatsion yetakçisi: kasbiy mahorat, pedagogik kompetensiya va ijodkorlik sari” mavzusida seminar-trening taşkil etildi.
Seminar-treningdan közlangan asosiy maqsad yoş pedagoglarning kasbiy bilim va könikmalarini rivojlantiriş, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalaniş, ta’lim jarayonini innovatsion yondaşuvlar asosida taşkil etiş, öquvçilar bilan samarali muloqot örnatiş, şuningdek, pedagogik faoliyatda ijodkorlik va taşabbuskorlikni şakllantirişdan iborat böldi.
Tadbirda maktablarda faoliyat yuritayotgan talabalar, amaliyotçi metodistlar, kafedra professor-öqituvçilari hamda maktab öqituvçilari iştirok etdi.
Seminar-trening davomida dual ta’lim tizimida nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyğunlaştiriş, yoş pedagoglarning kasbiy mahorati va pedagogik kompetensiyasini rivojlantiriş, ta’lim muassasalari hamda iş beruvçi taşkilotlar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalar, interfaol metodlardan foydalaniş orqali ta’lim sifatini oşiriş, öquvçilarning nazariy bilimlarini amaliy könikmalar bilan mustahkamlaş, muammoli vaziyatlarda mustaqil va ijodiy yeçim topiş, ustoz-şogird an’analari asosida ilğor pedagogik tajribalarni özlaştiriş yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Ta’kidlanganidek, kasbiy mahorat, pedagogik kompetensiya va ijodkorlik zamonaviy yoş pedagog faoliyatining muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Dual ta’lim esa bölajak mutaxassislarning nazariy tayyorgarligini amaliy tajriba bilan boyitiş, ularning kasbiy salohiyatini yuzaga çiqariş hamda raqobatbardoş kadrlar tayyorlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Seminar-trening yakunida yoş pedagoglarning kasbiy rivojlanişini qöllab-quvvatlaş, nazariya va amaliyot integratsiyasini kuçaytiriş hamda ta’lim jarayoniga innovatsion yondaşuvlarni keng joriy etiş yuzasidan tavsiyalar berildi.

