"Yoş kitobxon" tanlovining universitet bosqiçi ğoliblari taqdirlandi
Mamlakatimizda yoş avlodning intellektual salohiyatini yuksaltiriş, kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş, ma’naviy barkamol va keng dunyoqaraşga ega yoşlarni tarbiyalaş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi. Bu borada ilgari surilayotgan taşabbuslar, xususan, yoşlar örtasida mutolaa madaniyatini keng tarğib etişga qaratilgan tanlovlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida “Yoş kitobxon” respublika tanlovining universitet bosqiçi bölib ötdi. Tanlovdan közlangan asosiy maqsad talaba-yoşlarning kitobga mehrini oşiriş, ularning badiiy-estetik tafakkuri, tarixiy xotirasi va intellektual salohiyatini rivojlantiriş, şuningdek, mutolaani yoşlar hayotining ajralmas qismiga aylantirişdan iborat.
Bellaşuv davomida iştirokçilar özbek va jahon adabiyotining nodir namunalari, tarixiy asarlar, buyuk mutafakkirlar hayoti va ijodiy merosi yuzasidan bilimlarini namoyon etdilar. Yakuniy natijalarga köra, quyidagi talabalar ğoliblikni qölga kiritdi:
1-örin – Xolmahamatova Muxlisa;
2-örin – Yusupova Mohlaroyim;
3-örin – Abdullayeva Ruxşona.
Tanlov yakunida ğolib va sovrindorlar universitet rahbariyati tomonidan faxriy yorliqlar hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.
Ta’kidlaş joizki, kitobxonlikni keng tarğib etiş yoşlar siyosatining muhim ma’naviy-ma’rifiy yönalişlaridan biri bölib, bunday tanlovlar bilimli, mustaqil fikrlaydigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol topayotgan yangi avlodni tarbiyalaşga xizmat qiladi.
Universitetda yoşlarning bilim va salohiyatini röyobga çiqariş, ularni ilm-ma’rifat sari rağbatlantiriş hamda kitobxonlik muhitini mustahkamlaşga qaratilgan taşabbuslar izçil davom ettiriladi.
Ğolib va sovrindor talabalarimizni muborakbod etamiz, ularga navbatdagi bosqiçlarda ham muvaffaqiyat tilaymiz!

