Yangiliklar

img
Mon, 10/31/2022 - 20:29

“Yil talabasi-2022” tanlovining fakultet bosqichi yakunlandi

2022-yil 31-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi  Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ona tili va adabiyot ta’limi fakultetida “Yil talabasi-2022” tanlovining fakultet bosqichida g‘olib bo‘lgan talabalar taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.  
- “ Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 306-guruh talabasi Bobojonov Rahmatjon Alisher o‘g‘li; 
- “ Yilning eng faol iqtidorli talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 302-guruh talabasi Askaraliyeva Nigora Oybek qizi; 
- “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 404-guruh talabasi Abdusharipova Mahliyo Xusnuddin qizi; 
- “Yilning eng faol sportchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 304-guruh talabasi Qayumberdiyev Ramazon Muzaffar o‘g‘li; 
- “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 404-guruh talabasi Maxmudova Maftuna Mansur qizi; 
- “Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 403-guruh talabasi Umirzoqov Abbos Usmonali o‘g‘li; 
- “Yilning o‘z mutaxassisli bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 402-guruh talabasi Yusupov Samandar Shokirjon o‘g‘li g‘olib deb topildi.