Yangiliklar

img
Tue, 10/10/2023 - 13:34

Yevropaning eng nufuzli universitetlari bilan hamkorlik o'rnatildi

Yevropa ittifoqi ta'lim ko'rgazmasi doirasida universitetimiz dunyoning mashhur ta'lim muassasalari bilan hamkorlik o'rnatishga va turli masalalarda muzokaralar olib borishga muvaffaq bo'ldi. Xususan, Ruminiyaning  Buxarest universiteti, Ispaniyaning IES Abastos universiteti hamda Ispaniyaning Kadis Rektorado universitetlari vakillari bilan muzokalar olib borildi. 
Do'stona muloqot va tanishuv suhbatlari davomida ushbu universitetlarning mos  yo'nalishlarida hamkorlik qilish imkoniyatlari tahlil qilindi. Mazkur universitetlar bilan akademik mobillik, tadqiqotchilarning ilmiy stajirovkalarini tashkil etish, ilmiy maqolalarni hammualliflikda tayyorlash va nufuzli ilmiy jurnallarda chop etish bo'yicha takliflar o'rtaga tashlandi. 
Bu takliflar asosida Erasmus+ dasturi doirasida loyihalar tayyorlashga kelishildi.

 
Alisher navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti bu borada mamlakatimizning eng ilg'or OTMlaridan biridir. Shu kungacha universitetimiz 11 ta Erasmus+ loyihasini qo'lga kiritgan va bu loyihalar doirasida 30 ga yaqin yaqin talabalarimiz va ko'plab professorlarimiz Yevropadagi nufuzli universitetlarda malaka oshirib qaytishgan.