
“Yetti goʻzal” tanlovi oʻtkazildi
Millat davomchilari bo‘lgan qizlarni ma’rifatli, har tomonlama yetuk shaxs sifatida tarbiyalash, ularni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim olish, kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish, bandligini ta’minlash va ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida koʻplab tizimli ishlar olib borilmoqda. Bu bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng targ‘ib etish, iqtidorli qizlarning ijodiy faoliyatlarini ommalashtirish, yuksak axloqli, ma’rifatli va milliy qadriyatlarimizga sodiq qizlar safini kengaytirish maqsadida joriy yilning 9-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 11-oktabr Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Sening tashabbusing-sening kelajaging” nomli qizlar forumi bo‘lib o‘tdi. Forum doirasida universitet, Yoshlar ishlari agentligi va “Qizlar ovozi” klubi tashabbusi bilan “Yetti go‘zal” milliy liboslar ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Tadbirni ToshDOʻTAU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Gulnoza Jurayeva ochib berdi. Ko‘rgazmada Yakkasaroy hokimi o‘rinbosari Dilfuza Rasulmuhamedova, Yoshlar ishlari agentligidan Farruh Toshmurodov va “Qizlar ovozi” klubi kordinatori Marjona Ikromovalar ishtirok etishdi.
Ko‘rgazmada g‘olib bo‘lgan talaba qizlar munosib taqdirlandi.