
Yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar uchun imkoniyat!
Hurmatli abituriyentlar!
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti sizning oliy ta’lim olish istagingizni qo‘llab-quvvatlaydi. Agar test sinovlarida o‘tish ballarini to‘plash imkoni bo‘lmagan bo‘lsa ham, siz kontrakt asosida o‘qish huquqiga egasiz.
Oshirilgan to‘lov-shartnoma shartlari
• Kirish ballari minimal chegarasidan 4 ballgacha yetmay qolgan abituriyentlar oshirilgan kontrakt asosida o‘qishlari mumkin.
• 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, biroq o‘tish balliga yetmagan abituriyentlar esa super-kontrakt asosida tahsil olish imkoniga ega. To‘lov miqdori tanlangan yo‘nalishga qarab oddiy kontraktning 8 yoki 10 barobarini tashkil etadi.
Universitetimizda abituriyentlar hamda ularning ota-onalari uchun “Maslahat markazi” faoliyat yuritadi. Bu markazda siz:
• Qabul tartibi va shartlari bo‘yicha huquqiy tushuntirish olasiz;
• To‘lov-shartnoma tizimi yuzasidan aniq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lasiz;
• Savollaringizga malakali mutaxassislarimizdan javob olasiz.
Aloqa: +998 97 117 22 44
+998 90 342 85 96