
"Yashilmakon" umummilliy loyihasi universitetimizda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda joriy yilning 1-mart sanasidan “Yashil makon” umummilliy tadbiri boshlandi. Mazkur loyiha boʻyicha bahor mavsumida 125 mln. dona daraxt koʻchatlari ekilishi rejalashtirilgan.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti jamoasi ham “Yashil makon” umummilliy tadbirida ishtirok etdi. Shuningdek, universitet hovlisiga 100 tup qaragʻay, 50 tup mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi. Tadbirda universitet Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-marifiy masalalar bo‘yicha birinchi prorektor B.Xoliqov ham ishtirok etdi. Ushbu loyihaning amaliy ifodasi boʻlgan daraxtlar koʻp yillar davomida tabiat musaffoligi uchun xizmat qiladi. “Yashil makon” loyihasi doirasidagi daraxt ekish tadbirida Siz ham faol ishtirok eting!