Yangiliklar

img
Sat, 10/28/2023 - 19:35

“Yashil makon” umummiliy loyihasi amalda

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi ko‘chat ekish mavsumi o‘tkazildi.
Loyiha doirasida 600 tup manzarali koʻchat ekildi. 50 tup mevali koʻchat oʻtqazish rejalashtirilgan.
"Ota-onalar bog'i” va "Ustozlar bogʻi” hududida ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.

“Yashil makon” loyihasida universitet rahbar xodimlari, professor-oʻqituvchilar, ota-onalar va talaba yoshlar faol ishtirok etishdi.