“Yashil makon” kelajakka e’tibor demakdir
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yashil makon” umummiliy loyihasi doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda. Erta bahorda loyihaning birinchi bosqichi uyushqoqlik bilan oʻtkazilgan edi. Kuz oylarida ikkinchi bosqich ham yangi shijoat va fidoyilik bilan davom ettirilmoqda. Xususan, universitetimiz professor-oʻqituvchilari va talabalari turli mevali va manzarali koʻchatlarni belgilangan hududlarga ekishmoqda.
Qayd etish joizki, respublikada ekotizimlarni himoya qilish va tiklash, koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish va yashil maydonlarni kengaytirish borasida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirilishi muhim qadam boʻldi. Ushbu loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish orqali shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish reja qilingan. Davlatimiz rahbari taʻkidlaganidek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi – bu bir yillik tadbir emas”. Darhaqiqat, yashab turgan joyimizni ozoda saqlab, bizdan keyingi avlod ham munosib tabiiy muhitda yashashlari uchun bugun biz tabiatga mehr va eʻtibor bersak kelajak avlod ham munosib ekologik sharoitda yashaydi. Buning uchun biz er va suv resurslarini, ekologik tizimni asrash hamda daraxt koʻchatlarini ekib, bogʻ yaratishimiz zarurdir.


