
Yangi O'zbekiston Konstitutsiyasi
Bugun ToshDO‘TAUda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda mehmonlar ishtirok etishdi.
Dastlab, tadbir O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi. So‘ngra universitet rektori so‘zga chiqib, Konstitutsiyaning davlat va jamiyat hayotidagi ahamiyati, uning yuksak insonparvarlik tamoyillari asosida yaratilganligi hamda xalqimizning huquqiy ongini shakllantirishdagi o‘rni haqida so‘z yuritdi.
Tadbir davomida Konstitutsiyaning mamlakat rivojidagi tarixiy roli, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlashda tutgan o‘rni haqida maxsus ma’ruzalar tinglandi. Talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlar tadbirga alohida fayz bag‘ishladi.
Tadbir yakunida Konstitutsiyamizni ulug‘lash, uning asosida mustahkam huquqiy tizim yaratishda har bir fuqaroning mas‘uliyatini yodda saqlash lozimligi ta‘kidlandi. Ishtirokchilar bunday tadbirlarning huquqiy madaniyatni oshirish va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilishini qayd etdilar.
ToshDO‘TAU jamoasi ushbu muhim sana munosabati bilan tashkil etilgan tadbir orqali Konstitutsiyaning jamiyatimizda tutgan muhim o‘rnini yana bir bor anglab yetish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.